Innovations in Science and Technologies 3-том 7-сан (2026) · 193-203-беттер
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH HOLATI VA SAMARADORLIGI
Anvarova, Lobarxon
Аннотация
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv texnologiyalaridan foydalanishning joriy holati hamda ularning hududiy boshqaruv samaradorligiga ta’siri kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi viloyatda sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat va mahalliy boshqaruv tizimlariga joriy etish darajasini baholash, mavjud imkoniyat va muammolarni aniqlash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida hududning raqamli infratuzilmasi, axborotkommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi, elektron davlat xizmatlari rivojlanishi, ma’lumotlar bazalarining integratsiyalashuvi, kadrlar salohiyati, institutsional rivojlanish va normativ-huquqiy muhitning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga ta’siri baholandi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezkorligi, davlat xizmatlari sifati, resurslardan foydalanish samaradorligi, tahliliy prognozlash imkoniyatlari hamda boshqaruv jarayonlarining shaffofligini oshirishga oid ustuvor yo‘nalishlar asoslab berildi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik tahlil, ekspert baholash, tizimli yondashuv va analitik umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar sun’iy intellekt texnologiyalarining hududiy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, byurokratik jarayonlarni qisqartirish, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va davlat xizmatlari samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
sun’iy intellektboshqaruv texnologiyalariraqamli iqtisodiyotraqamli infratuzilmaraqamli transformatsiyaboshqaruv samaradorligikadrlar salohiyatiIT-ParkQashqadaryo viloyati.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.