Innovations in Science and Technologies 3-jild 8-son (2026) · 184-197-betlar
KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MARKETING FUNKSIYALARINI TIZIMLASHTIRISH MODELI VA UNING ISTIQBOLI
Boyjigitov, Sanjarbek
Annotatsiya
Mazkur maqolada korxonalar faoliyatini boshqarishda marketing funksiyalarini tizimlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Marketing funksiyalarining strategik boshqaruv, ishlab chiqarish, logistika, moliya, innovatsiyalar hamda mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish jarayonlari bilan o‘zaro integratsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, kontent-tahlil va konseptual modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijada marketing axborot tizimi, strategik rejalashtirish, mahsulot va narx siyosati, taqsimot, marketing kommunikatsiyalari, CRM, marketing nazorati hamda raqamli analitikani o‘z ichiga olgan marketing funksiyalarini tizimlashtirish modeli ishlab chiqilgan. Taklif etilgan model korxonalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, bozor talabiga moslashuvchanlikni kuchaytirish, mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruvni rivojlantirish hamda raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
marketingmarketing funksiyalarikorxona boshqaruvimarketing axborot tizimistrategik marketingCRMraqamli marketingKPIraqobatbardoshlikmarketing modeli.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.