Innovations in Science and Technologies 3-jild 9-son (2026) · 66-76-betlar
HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ROLI
Saidov, Sanjar
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston hududlarida yoshlar bilan ishlash tizimini samarali boshqarishda boshqaruv mexanizmlarining roli amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Yoshlar ishlari agentligining rasmiy hisobotlari va ochiq ma’lumotlari, Milliy statistika qo‘mitasi hamda SIAT ko‘rsatkichlari, shuningdek, Jahon bankining O‘zbekistonda yoshlar bandligiga bag‘ishlangan tadqiqoti asosida o‘rganildi. Tadqiqotda mahalla darajasida yoshlar yetakchilari faoliyati, “yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” orqali manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘makni qo‘llab-quvvatlash, ajratilgan resurslar natijadorligini monitoring qilish mexanizmlariga e’tibor qaratildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda 9 452 ta mahallada 8,3 mln nafar yosh bo‘yicha “yoshlar balansi” shakllantirilgan, 342 ming nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlangan, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 18,6 ming nafar yosh uchun o‘quv kurslari tashkil etilgan hamda “Yoshlar daftari” orqali 141 ming nafar yoshga 209 mlrd so‘mlik ko‘mak ko‘rsatilgan. Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar va bitiruvchilar sonining 2020–2025-yillardagi dinamikasi hududlarda yoshlarning ta’lim va mehnat bozoriga tayyorlanishi bilan bog‘liq qo‘shimcha kontekst sifatida tahlil qilindi. Natijalar tashkiliy mexanizm mahalla–tuman (shahar)–hudud–respublika vertikal muvofiqlashtirishiga, ma’lumotlarni muntazam yangilashga va idoralararo hamkorlikka tayanganini, iqtisodiy mexanizm esa bandlik, kasbiy tayyorlash, manzilli moliyaviy ko‘mak va natijadorlik monitoringi orqali amalga oshirilishini ko‘rsatdi. Takomillashtirish yo‘nalishlari amaldagi KPI, elektron monitoring, davlat axborot bazalarini o‘zaro solishtirish va yoshlar yetakchilari kompetensiyasini muntazam oshirish mexanizmlarini izchil qo‘llash zarurati bilan bog‘landi.
yoshlar siyosatimahallayoshlar yetakchisiyoshlar balansiYoshlar daftaribandliktashkiliy mexanizmiqtisodiy mexanizmmonitoringsamaradorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.