Қўқон университети хабарномаси 12-jild (2024) · 56-57-betlar
O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: XORIJIY TAJRIBA VA MAHALLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Turabov, Sarvar Abdumalikovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston davlat xaridlari tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Qozog‘iston davlat xaridlari tizimi bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilib, shaffoflik, raqamlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlarini rivojlantirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Xalqaro amaliyot asosida O‘zbekistonda davlat xaridlarini elektronlashtirish, reyting-baho tizimini joriy qilish va mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola davlat xaridlari tizimini samarali boshqarish va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun xorijiy tajribalarni o‘rganishning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Davlat xaridlari tizimi, shaffoflik, raqamlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurash, xalqaro tajriba, iqtisodiy barqarorlik, milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston, Qozog‘iston, davlat moliyaviy boshqaruvi, samaradorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.