Қўқон университети хабарномаси Volume 14 (2025) · pp. 93-96
TADBIRKORLIKDA INNOVATSION MUHIT DASTURLARINING STRATEGIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH
Xudayberdiyev, Otabek
Abstract
Ushbu maqolada tadbirkorlikda innovatsion muhit dasturlarining strategik tizimini takomillashtirish orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish masalasi tahlil qilingan. Innovatsion muhitning asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, texnologik infratuzilma, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, investitsion muhit hamda raqamli transformatsiyaning tadbirkorlik subyektlari samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada innovatsion dasturlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar, jumladan, tadbirkorlik ekotizimini shakllantirish, moliyalashtirish mexanizmlarini diversifikatsiya qilish, raqamli innovatsiyalarni joriy etish hamda kadrlar salohiyatini oshirish muhim jihatlari yoritildi. Tadqiqot natijalari innovatsion dasturlarni samarali boshqarish orqali tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Tadbirkorlik, innovatsion muhit, strategik boshqaruv, raqamli transformatsiya, ilmiy-tadqiqot, investitsiyalar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.