Қўқон университети хабарномаси 15-jild (2025) · 73-74-betlar
XXI ASR O'ZBEK SHE'RIYATIDA BADIIY OBRAZ VA PEYZAJ UYG'UNLIGI (SHODMONQUL SALOM IJODI MISOLIDA)
Sobirova, Ismigul
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutuvchi obraz ruhiyati va tabiat manzarasining (peyzaj) badiiy uygʻunligi masalasi koʻrib chiqiladi. Asosiy diqqat markazida XXI asr oʻzbek sheʼriyatining yirik namoyandalaridan biri — Shodmonqul Salom ijodidagi poetik uslub, obraz yaratish mahorati va tabiat tasvirining badiiy-falsafiy mazmuni yotadi. Maqolada shoir sheʼrlaridagi ruhiy holatlar, inson kechinmalari bilan tabiat manzaralari oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida XXI asr she'riyatida badiiy obraz va peyzaj uyg'unligi ijodkor Shodmonqul Salom she'rlari misolida ko'rib chiqilib, she'rlar tarixiy-madaniy tahlil metodi orqali g'oyaviy-badiiy jihatdan, struktural, stilistik tahlil metodlari orqali shakliy tuzilish jihatdan tahlil qilinadi.
Obraz ruhiyati, peyzaj, lirik qahramon, badiiy ifoda, poetik tafakkur, nido san'ati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.