Қўқон университети хабарномаси 15-jild (2025) · 106-109-betlar
ETNOESTETIK MADANIYAT BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY MADANIYATINING TARKIBIY KOMPONENTI SIFATIDA
Erkinjonova, Guljaxon
Annotatsiya
Mazkur maqolada etnoestetik madaniyat tushunchasining mohiyati, uning tarkibiy tuzilmasi va bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy madaniyatidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Etnik va estetik qadriyatlarning uyg‘unligi orqali shakllanadigan etnoestetik madaniyat pedagog shaxsining milliy madaniyatga daxldorligi, san’at va xalq ijodi elementlarini o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga integratsiyalash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Universitet ta’limi jarayonida etnoestetik ta’lim va tarbiyaning uzviy birligi orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik idrok, badiiy-estetik tafakkur va ijodiy yondashuv shakllantiriladi. Tadqiqotda O‘zbekistonlik pedagog olimlarning konseptual qarashlari tahlil qilinib, etnoestetik madaniyatning kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi ahamiyati asoslab berilgan.
bo‘lajak o‘qituvchi, etnoestetik madaniyat, kasbiy madaniyat, milliy qadriyatlar, estetik idrok, pedagogik faoliyat, integratsiya, san’at va xalq ijodi, etnik komponent, estetik tarbiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.