Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 96-99-betlar
YASHIL IQTISODIYOT: MOHIYATI, TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH TAMOYILLARI
Ismanov, Ibroxim, Boʻtaboyev, Maxammadjon
Annotatsiya
Ushbu maqolada “yashil” iqtisodiyot tushunchasi asoslanadigan asosiy jihatlar va tamoyillar ko‘rib chiqiladi. Ushbu modelning asosiy maqsadi - turmush darajasini oshirish va tabiiy resurslarni tejash o‘rtasida oqilona murosaga erishish diqqat markazida turadi. Muallifning ta’kidlashicha, “yashil” iqtisodiyotning asosiy g‘oyasi jamiyatning hozirgi ehtiyojlarini qondirish va tabiiy boyliklarning kamayib ketishiga olib kelmaydigan va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligiga tahdid solmaydigan barqaror rivojlanishni ta’minlashdir. Tadqiqotda “yashil” iqtisodiyot iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy tenglik, barqarorlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning murakkab tizimi sifatida ko‘rib chiqilgan. Oʻzbekistonning 2019-2030-yillarda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari va uning amalga oshirish mexanizmlari baholangan. Ekologik soliqlarning ahamiyati va ularning atrof-muhit muhofazasidagi roli oʻrganilib, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha takliflar berilgan.
“yashil” iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik soliqlar, uglerod emissiyasi, iqlim oʻzgarishi, atrof-muhit muhofazasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.