Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 150-155-betlar
O‘ZBEKISTONDA BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHINING HOZIRGI HOLATI VA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Tolipova, Mahliyo
Annotatsiya
Ushbu maqolada barqaror turizm tushunchasi va uning nazariy hamda amaliy jihatlari o‘rganilgan hamda O‘zbekistonda barqaror turizm sohasining hozirgi rivojlanish bosqichi, davlat siyosatida tutgan o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Xususan, mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, dasturlar, infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar hamda ularning natijalari yoritilgan. Tadqiqotda ichki va tashqi omillar ta’sirida barqaror turizmni rivojlantirish jarayonida kuzatilayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar hamda sohadagi ayrim tizimli kamchiliklar aniqlangan. Statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekistonning barqaror turizmi yillar kesimida qanday o‘sish dinamikasiga ega bo‘layotgani, turistik oqim, infratuzilma va investitsiyalar hajmining o‘zgarish tendensiyalari rasm va jadvallar orqali tahliliy tarzda ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada milliy sharoitdan kelib chiqib, barqaror turizmni yanada rivojlantirish, ekologik muvozanatni saqlash, mahalliy aholining turmush darajasini oshirish hamda turistik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga doir samarali yo‘nalishlar taklif etilgan.
Ekoturizm, turizm industriyasi, smart turizm, ekologik ong, sayohat paketi, raqamli turistik xarita.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.