Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 16-19-betlar
RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARI O‘RNIDA CHATGPT KABI SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA CHEKLOVLARI”
Eraliyeva, Zamira, Behzodova, Madinabonu
Annotatsiya
Ushbu maqola “Raqamli ta’lim platformalari o‘rnida ChatGPT kabi sun’iy intellekt vositalarining pedagogik imkoniyatlari va cheklovlari” mavzusida zamonaviy ta’lim tizimining muhim jihatlari, o‘rni va samaradorligi tahlil qiladi. Maqolada sun’iy intellekt vositalari - xususan, ChatGPT, Grammarly, Notion AI kabi platformalarning talabalar hayotidagi o‘rni yoritiladi. Ularning dars tayyorlash, insho yozish, tarjima qilish kabi jarayonlardagi roli, qulayliklari hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur bo‘lgan jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada sun’iy intelektning pedagogik faoliyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish sharoitida ta’lim jarayonlarini boshqaruvchi intellektual taʼlim tizimlarining imkoniyatlari va xususiyatlari haqida so‘z boradi. Oliy ta’lim muassalarida intellektual tizimlardan foydalanish ta’lim sifatining oshishi, ta’lim jarayonlaridagi shaffoflikni ta’minlashi, talabalar uchun yaratiladigan qulayliklarning tahlili ko‘rildi. Shuningdek, ta’lim sifatini ta’minlashda sun’iy intellekt tizimlarining o‘rni va hozirgi kunda keng tarqalgan ayrim intellektual ta’lim platformalari xususida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada mavjud adabiyotlar tahlil qilinadi, ta’lim sharoitida qo‘llaniladigan sun’iy intellektga asoslangan turli usullar muhokama qilinadi, tadqiqotlar natijalari keltirilgan va sun’iy intellektning pedagogikaga ta’siri haqida tushunchalar berilgan.
Sun’iy intellekt, raqamli platformalar, oliy ta’limda texnologiyalar, adaptiv ta’lim tizimlari, ekspert tizimlar, bilimlarga asoslangan tizimlar, raqamli platformalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.