Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 56-57-betlar
BADIIY TARJIMA NAZARIYASINING ASOSIY KONSEPSIYALARI: EKVIVALENTLIK, FUNKSIONAL YONDASHUVLAR VA MADANIY BURILISH
Musayev, Boburbek
Annotatsiya
Maqolada badiiy tarjima nazariyasining uch asosiy yo‘nalishi qisqacha tahlil qilinadi: ekvivalentlikka asoslangan lingvistik yondashuvlar, funksional va skoposga yo‘naltirilgan konsepsiyalar hamda “madaniy burilish” doirasidagi qarashlar. A.V. Fyodorov, L.S. Barkhudarov, V.N. Komissarov, Roman Jakobson, Eugene Nida, Itamar Even-Zohar, Gideon Toury, Hans J. Vermeer, Susan Bassnett, Andre Lefevere, Lawrence Venuti va George Steiner ishlari asosida badiiy tarjimaning mazmun, forma va madaniy kontekst o‘rtasidagi muvozanat masalasi yoritiladi. Adabiyotlar tahlili lingvistik modeldan funksional va madaniy paradigma sari bosqichma-bosqich siljishni ko‘rsatadi; maqolada konseptual-analitik va qiyosiy yondashuvlar qo‘llanadi. Natijada badiiy tarjimani ko‘p qirrali semiotik-madaniy hodisa sifatida talqin qiluvchi qisqa integrativ konseptual model taklif etiladi.
badiiy tarjima, leksik-grammatik moslik, ekvivalentlik, funksional yondashuv, madaniy burilish, tarjima nazariyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.