Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 174-176-betlar
MASOFAVIY TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK DIZAYN VA METODIKANING O‘RNI
Maxmudova, Dildorxon
Annotatsiya
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik dizayn va metodikaning roli tahlil qilinadi. Masofaviy ta’limning afzalliklari va cheklovlari, pedagogik dizayn tamoyillari, shuningdek pedagogik metodikalar o‘quv jarayonida interaktivlikni oshirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va bilimlarni mustahkamlashda qanday qo‘llanilishi yoritilgan. Shu bilan birga, maqolada o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tizimli va o‘quvchi markazli shaklda tashkil etishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Amaliy tadqiqotlar jarayonida masofaviy ta’limda qo‘llanilayotgan pedagogik dizayn va metodikalarning samaradorligi kuzatuv, interfaol onlayn mashg‘ulotlar hamda raqamli o‘quv resurslari asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari pedagogik dizayn asosida rejalashtirilgan va interfaol metodlar bilan boyitilgan onlayn darslar o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalari va ta’lim jarayonidagi faolligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
masofaviy ta’lim, pedagogik dizayn, pedagogik metodika, o‘quv jarayoni, interaktiv o‘quv muhiti, motivatsiya, bilimlarni mustahkamlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.