Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 201-203-betlar
O‘QUVCHILARDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Maxmudova, Dildorxon
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida uzluksiz ta’lim tizimining tutgan o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli texnologiyalar joriy etilishi hamda pedagogik faoliyatga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar sharoitida o‘qituvchining kasbiy kompetentligini doimiy takomillashtirib borish zarurati asoslab beriladi. Maqolada uzluksiz ta’limning mazmuni, shakllari va mexanizmlari, ularning o‘qituvchi kompetentligiga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, uzluksiz ta’lim jarayonida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘rni, ularning o‘qituvchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini yangilash hamda chuqurlashtirishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion ta’lim metodlari va raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish o‘qituvchilarning kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy asosda tahlil qilinadi.
kasbiy kompetentlik, uzluksiz ta’lim, pedagogik rivojlanish, malaka oshirish, o‘qituvchi faoliyati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.