Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 132-134-betlar
EMOTSIONAL KOMPETENTLIK: STRESSNI BOSHQARISH QOBILIYATI
Saidbekova, Komila
Annotatsiya
Har bir inson hayotida bir necha bor stress va uning oqibatlarini boshidan kechirgan. Asosan hozirgi davrda vaqtning yetishmasligi, kelajak haqida xavotir hamda bir vaqtning o‘zida inson odob-axloqi pasayishi oqibatida insoniyat stressga duch kelmoqda. Bunday vaziyatlar pedagoglar kasbiy faoliyati bilan bog‘liq holda ham yuzaga kelmoqda Maqolada emotsional jihatdan yetuk pedagogning o‘quvchilarning hissiy holatini tushunishi, samarali muloqot o‘rnatishi va sinfda ijobiy psixologik muhit yaratishi muhimligi ta’kidlangan. Stressning turli turlari: vaqtinchalik, barvaqt, vaziyatli va nizoli stress tahlil qilinib, ularning inson organizmiga fiziologik va psixologik ta’sirlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, shaxsda, asosan pedagoglarda yuzaga keladigan stress holatlarini psixoprofilaktikasi bo‘yicha samarali usullari va psixologik treningning samaradorligi tadqiq etilgan. Maqola pedagoglarning psixologik barqarorligini saqlash, stressni nazorat qilish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda emotsional kompetentlikning muhimligini ochib beradi.
emotsional kompetentlik, stress, psixologik profilaktika, vizualizatsiya, meditatsiya, stressor, psixologik trening, stress bosqichlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.