Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 280-282-betlar
FRAZEOLOGIK VA LEKSIK BIRLIKLARNING MATN SEMANTIKASIDAGI KO‘RINISHLARI
Abdirazakova, Zilola
Annotatsiya
Maqolada leksik va frazeologik birliklarning matn semantikasi va stilistikasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda F. de Sossyur, Sh. Balli, V. Vinogradov, N. Chomskiy, J. Lyons, R. Moon va E. Coseriu kabi xorijiy tilshunoslar hamda A. Madvaliyev, A. Mamatov, Sh. Rahmatullayev kabi o‘zbek tilshunoslari qarashlari qiyosiy o‘rganildi. Leksik birliklarning denotativ va konnotativ qatlamlari, polisemantiklik, sinonimiya va antonimiya hodisalari matn semantikasidagi roli nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Frazeologik birliklarning emotsional-obrazli xususiyatlari va milliy-madaniy mazmuni ko‘rsatildi. Natijada, leksik va frazeologik birliklarning uyg‘unligi matnning semantik yaxlitligi va stilistik boyligini ta’minlashi ilmiy asoslandi.
leksik birliklar, frazeologik birliklar, matn semantikasi, kontekstuzl ma’no, mazmun, ma’no, tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.