Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 207-208-betlar
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MEHNAT UNUMDORLIGINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
G‘oyibnazarov, Bahodir Karimovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat unumdorligining shakllanish omillari va ularning hududlar kesimidagi ta’siri ekonometrik modellar asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha panel ma’lumotlardan foydalanilib, mehnat unumdorligi bilan raqamli iqtisodiyot ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik regressiya tahlili orqali baholangan. Tahlil natijalari raqamli infratuzilma, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga investitsiyalar hamda internetdan foydalanish darajasining mehnat unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Olingan xulosalar hududlarda mehnat unumdorligini oshirishda raqamli iqtisodiyot mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
raqamli iqtisodiyot, mehnat unumdorligi, ekonometrik model, panel ma’lumotlar, hududiy tahlil, regressiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.