Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 41-44-betlar
JEYMS JOYSNING TAFAKKURIDAN OZIQLANGAN O‘ZBEK ADIBLARIDA MIFOLOGIK TALQIN MODUSI
Raxmatullayev, Ziyodullo
Annotatsiya
Mazkur maqolada Jeyms Joys ijodiy tafakkuri ta’sirida shakllangan o‘zbek adabiyotidagi mifologik talqin modusi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda mifning zamonaviy roman poetikasidagi o‘rni, uning estetik sistema va konseptual mezon sifatidagi funksiyasi yoritiladi. Ayniqsa, Joysning mifologik universalizmga asoslangan badiiy tafakkuri, ong oqimi uslubi, ramziy va tush motivlari orqali voqelikni idrok etish tamoyillari o‘zbek adiblari ijodida qanday aks etgani qiyosiy aspektda ochib beriladi. Maqolada Nazar Eshonqul hamda qator mustaqillik davri yozuvchilarining asarlari misolida mifopoetik qatlam, ongosti kechinmalari, ramz va timsollarning funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, “Go‘ro‘g‘li” romani va Joysning “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” asari o‘rtasidagi poetik uyg‘unlik, mifning individual va ijtimoiy ongni shakllantirishdagi roli, shaxs “men”ining mavjudlik va tanazzul oralig‘idagi izlanishlari ochib beriladi. Shuningdek, maqolada mifning tarixiy xotira, milliy ong va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq konseptual xarakteri asoslanadi. Tush va ramzlarning psixoanalitik talqini (Yung nazariyasi asosida) hamda badiiy tafakkur dialektikasi masalalari yoritilib, mifning zamonaviy o‘zbek romanida estetik va falsafiy tafakkur shakli sifatida namoyon bo‘lishi isbotlanadi. Natijada, Joys tafakkuridan oziqlangan o‘zbek adabiyotida mifologik talqin modusi nafaqat shakliy tajriba, balki milliy o‘zlikni anglash va tarixiy-ijtimoiy haqiqatni badiiy idrok etish vositasi sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda xulosalanadi.
mif, obraz, talqin, idrok, uslub, mezon, modus, sistema.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.