Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 73-75-betlar
TALABALARNING EKOLOGIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Kamolov, Baxtiyor
Annotatsiya
Mazkur maqola talabalarning ekologik kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida interaktiv ta’lim texnologiyalarining samaradorligini ilmiy asosda tahlil qilishga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda ekologik muammolar global miqyosda dolzarb bo‘lib, ularni hal etishda yosh avlodning ekologik ongini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot jarayonida talabalar orasida ekologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda interaktiv metodlar, jumladan, simulyatsion o‘yinlar, loyihaviy faoliyat, muammoga yo‘naltirilgan darslar va raqamli platformalar samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, maqolada interaktiv ta’lim texnologiyalarining ekologik ta’lim jarayoniga ijobiy ta’siri, talabalarning ekoturizm, ekologik monitoring va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interaktiv yondashuvlar talabalarni faollashtirish, ijodiy fikrlash va ekologik mas’uliyatni oshirishda aniq ijobiy natija beradi.
ekologik kompetensiya, interaktiv ta’lim texnologiyalari, talabalar, ekologik ong, loyiha asosida ta’lim, muammoga yo‘naltirilgan ta’lim, raqamli o‘quv platformalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.