Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 121-125-betlar
O‘ZBEK TILIDA KATTA TIL MODELLARINI YARATISHNING LINGVISTIK ASOSLARI
Solidjonov, Dilyorjon
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola o‘zbek tilida katta til modellarini (LLM) yaratishning lingvistik asoslarini tizimli o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tilning morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlarining neyron tarmoqli modellarni ishlab chiqishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati, kelishik kategoriyasi, frazeologik birliklarning transformatsion modellari va murakkab sintaktik konstruksiyalarni qayta ishlashning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyalari, jumladan Universal Dependencies (UD) formatiga mos keladigan morfologik belgilash modellari, dependency parsing usullari va neyron tarmoqli yondashuvlarning o‘zbek tili korpuslariga tatbiqi masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘zbek tilining leksik tizimi, uning rus tili bilan qiyosiy tahlili va diniy matnlar kabi funksional uslublarning lingvistik xususiyatlari katta til modellarini yaratishdagi o‘rni asoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilining murakkab morfologik tuzilishi va erkin so‘z tartibi katta til modellarini yaratishda gibrid yondashuvlarni, ya’ni qoidaga asoslangan va neyron tarmoqli usullarni uyg‘unlashtirishni talab etadi.
katta til modellari, o‘zbek tili morfologiyasi, dependency parsing, Universal Dependencies, agglyutinativ tillar, neyron tarmoqli modellar, sintaktik tahlil
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.