Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 216-218-betlar
KLASTER ASOSIDA ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH: XORIJIY TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON UCHUN IMPLEMENTATSIYA MODELI
Zaxidov, G‘afurjon
Annotatsiya
Maqolada klaster asosida ishlab chiqarishni boshqarishning xorijiy tajribasi tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida uni joriy etish (implementatsiya)ning amaliy modeli taklif etildi. Tahlil natijasida klaster samaradorligi korxonalarning hududiy jamlanishi bilan emas, balki qiymat zanjirini muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tuzilmasi, umumiy hamkorlik loyihalari portfeli, KPI asosida raqamli monitoring va rag‘bat mexanizmlari uyg‘un ishlashi bilan shakllanishi asoslandi. Maqolada implementatsiya uchun 3 bosqichli yo‘l xaritasi (0–6 oy; 6–18 oy; 18–36 oy) hamda amaliy boshqaruv instrumentlari tavsiya etildi. Taklif etilgan yondashuv klasterni “tashkiliy shakl” emas, ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, sifat va logistikani boshqarish, qarorlarni dalilga asoslangan tarzda qabul qilishni ta’minlaydigan operasion boshqaruv platformasi sifatida samarali joriy etishga xizmat qiladi.
klaster boshqaruvi, ishlab chiqarishni boshqarish, implementatsiya modeli, xorijiy tajriba, qiymat zanjiri, kooperatsiya, KPI, raqamli monitoring, logistika, sifat standarti, rag‘bat mexanizmi, klaster ofisi, modernizatsiya, tayyor mahsulot, eksport.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.