Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 226-228-betlar
STANDARTLASHTIRISH FANINI O‘QITISHDA XALQARO STANDARTLAR MAZMUNIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Turdialiyeva, Mahzuna
Annotatsiya
Mazkur maqolada standartlashtirish fanini o‘qitishda xalqaro standartlar mazmunidan foydalanish metodikasi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv va ishlab chiqarish jarayonlarining xalqaro integratsiyalashuvi sharoitida bo‘lajak mutaxassislarning xalqaro standartlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Tadqiqotda ISO standartlari va standartlashtirish ta’limiga oid ilmiy qarashlarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, ularni mavzular kesimida o‘qitish, hujjat tahlili, qiyoslash, keys-stadi va amaliy topshiriqlar orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan darslar talabalar bilimining amaliy yo‘naltirilganligini oshirishi, normativ fikrlashni shakllantirishi va kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan darslar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lashga yordam beradi, ularning kasbiy tayyorgarligini kuchaytiradi hamda zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga mos kompetensiyalarni rivojlantiradi. Bundan tashqari, ushbu yondashuv ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, talabalarning mustaqil ishlash, normativ hujjatlarni tahlil qilish va asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
standartlashtirish, xalqaro standartlar, ISO, o‘qitish metodikasi, kompetensiyaviy yondashuv, normativ hujjat, kasbiy kompetensiya, hujjat tahlili, keys-stadi, ta’lim samaradorligi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.