Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 268-269-betlar
ENERGIYA TIZIMIDAN OPTIMAL FOYDALANGAN HOLDA IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASH USULLARI
Kuralbayev, Jo‘rabek
Annotatsiya
Mazkur maqolada energiya tizimidan optimal foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda energiya iste’moli va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik ekonometrika usullari asosida o‘rganilib, o‘zgaruvchilarning stasionarligi ADF testi yordamida aniqlangan hamda qisqa va uzoq muddatli munosabatlar ARDL modeli orqali baholangan. Natijalar energiya iste’moli iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, energiya samaradorligini oshirish esa iqtisodiy rivojlanish sifatini yaxshilashini ko‘rsatdi. Shuningdek, yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari energiya tizimini modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
energiya iste’moli, iqtisodiy o‘sish, energiya samaradorligi, ARDL modeli, ADF testi, ekonometrika, yashil iqtisodiyot
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.