Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 32-34-betlar
PUBLITSISTIK USLUB SHAKLLANISHIDAGI LISONIY VA NOLISONIY OMILLAR
Masharipov, Mansurbek
Annotatsiya
Maqolada XIX asr oxiri XX boshlarida o‘zbek adabiy tilida publitsistik uslubning shakllanishidagi ijtimoiy zaruriyat, lisoniy va nolisoniy omillar tavsiflangan. Davr adabiy tilida pudlitsistik uslub me’yorlarining shakllanishi va takomilida jadid ma’rifatparvarlari yaratgan publitsistik asarlarning ahamiyati, mazkur davrdagi matbuot nashrlarining o‘rni, uslub tilining asosiy lisoniy xususiyatlari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada publitsistik uslubning shakllanish jarayonida matbuot tili va jadid ziyolilarining lingvistik qarashlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalasi ham yoritiladi. Tadqiqot natijasida publitsistik nutqning shakllanishida til me’yorlarining barqarorlashuvi, uslubiy variantlarning kengayishi hamda milliy adabiy tilning funksional imkoniyatlari ortib borishi asosiy omillardan biri bo‘lganligi aniqlangan. Bundan tashqari, maqolada publitsistik matnlarning kommunikativ maqsadiga ko‘ra axborot berish, ta’sir etish va targ‘ibot funksiyalarining uyg‘unlashuvi til birliklarining tanlanishi va qo‘llanishida hal qiluvchi rol o‘ynagani ko‘rsatib beriladi. Natijada o‘zbek adabiy tilida publitsistik uslubning mustaqil funksional tizim sifatida shakllanish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi.
ekstalingvistik omillar, lisoniy me’yor, yagona turkiy til, purizm, jargon, ekspressivlik, struktur-grammatik xususiyatlar, tayanch dialekt, singarmonazim, ijtimoiy-siyosiy terminologiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.