Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 113-116-betlar
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI
Yusupov, Abbosxon, Aliyeva, Zahroxon
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni, ularning iqtisodiy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi hamda ushbu faoliyatni yuritish va rivojlantirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida ikkilamchi ma’lumotlar manbalari, xususan, rasmiy statistika ko‘rsatkichlari, ilmiy adabiyotlar va tahliliy hisobotlardan foydalanilgan holda ilmiy izlanishlar olib borildi. Ilmiy tadqiqotda statistik ko‘rsatkichlar asosida mamlakatda kichik biznes bilan band bo‘lgan aholining ulushi, ularning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi hamda bandlik darajasiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan o‘rganildi. Shuningdek, kichik biznes subyektlari faoliyatida uchrayotgan asosiy muammolar, jumladan, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarining cheklanganligi, soliq yukining ta’siri, boshqaruv va marketing ko‘nikmalarining yetarli emasligi kabi omillar tahlil qilindi. Maqola yakunida kichik biznes faoliyatini yanada rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosa va amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflar kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, institutsional muhitni yaxshilash hamda tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Kichik biznes, investitsiya, aholi bandligi, yalpi ichki mahsulot, tadbirkorlik, kapital, innovatsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.