Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 272-275-betlar
O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Yuldasheva, Malohat
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishning ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Mustaqil fikrlashning o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashi, muammolarni mustaqil hal etishi, tanqidiy va analitik fikrlashi hamda asosli qaror qabul qilishidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, kreativlik, o‘z fikrini asoslab bera olish va erkin munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishda interaktiv metodlar hamda tanqidiy muhokamalarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada mustaqil fikrlashni rivojlantirish o‘quvchilarning intellektual salohiyati, ijodiy yondashuvi hamda ijtimoiy va professional muvaffaqiyatlarini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Bundan tashqari, maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning o‘rni ham yoritilgan. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish, erkin fikr almashish muhiti hamda mustaqil izlanishga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning tafakkur faolligini oshirishi ta’kidlangan. Shuningdek, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi o‘quvchilarning hayotiy tajribasi, muloqot madaniyati va shaxsiy pozitsiyasini rivojlantirishga xizmat qilishi ochib berilgan. Maqolada mustaqil fikrlashni qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhiti barkamol, ijodkor va raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashning muhim omillaridan biri ekanligi xulosa sifatida qayd etilgan.
Mustaqil fikrlash, ta’lim jarayoni, tanqidiy fikrlash, kreativlik, analitik fikrlash, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, muammolarni hal qilish, interaktiv metodlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.