Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 9-12-betlar
MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR TARBIYASIDA NEYROPSIXOLOGIK FAOLIYATNING O‘ZIGA XOSLIGI
Po‘latxo‘jayeva, Malika
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning neyropsixologik faoliyati va rivojlanish xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Eshitish analizatori faoliyatidagi buzilishlarning bolaning nutqiy rivojlanishi, bilish jarayonlari, emotsional-irodaviy holati hamda ijtimoiy moslashuviga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalashda kompleks yondashuvning ahamiyati, oila va mutaxassislar hamkorligining o‘rni hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning asosiy yo‘nalishlari bayon etilgan. Maqolada eshitish qobiliyati pasayishining dastlabki belgilari, bolalarda uchraydigan xulq-atvor va kommunikativ muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish yo‘llari tahlil qilingan. Bundan tashqari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantirishning neyropsixologik asoslari ochib berilib, amaliy mashg‘ulotlar va rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, nutqiy va ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirish hamda ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
qo‘l motorikasi, kompleks yondashuv, vizual idrok, nevroz, psixonevroz, funksiya, asab-ruhiy faoliyat, psixopatiya, eshitish nuqsoni, reabilitatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.