Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 20-22-betlar
MODAL STRUKTURADAGI INSON HIS-TUYG‘ULARINI IFODALOVCHI VOSITALARNING LINGVOKULTOROLOGIK TAHLILI
Rahimov, Usmonjon
Annotatsiya
Maqolada modal struktura tarkibida inson his-tuyg‘ularini ifodalovchi vositalarning lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, emotsionallik va baho kategoriyalariga mansub bo‘lgan xushomad va uyat konseptlari lingvokulturologik nuqtai nazardan o‘rganilib, ularning turli xalqlar madaniyatida namoyon bo‘lish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Xushomadning sotsial va emotsional turlari, shuningdek, uyat konseptining semantik va kognitiv jihatlari yoritiladi. Maqolada zamonaviy tilshunoslikning antroposentrik va lingvokulturologik yondashuvlari asosida modal struktura tarkibida inson his-tuyg‘ularini ifodalovchi vositalarning o‘rni va ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqotda emotsionallik hamda baho kategoriyalarining muhim tarkibiy qismlari hisoblangan xushomad va uyat konseptlari lingvomadaniy hodisa sifatida tahlil qilinadi. Ushbu konseptlarning semantik, pragmatik va kognitiv xususiyatlari yoritilib, ularning milliy madaniyat, mentalitet va kommunikativ xulq-atvor bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, turli xalqlar lingvomadaniyatida xushomad va uyat konseptlarining namoyon bo‘lish shakllari qiyosiy jihatdan o‘rganilib, ularning kommunikativ jarayondagi vazifalari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari modal mazmunning shakllanishida emotsional va baholovchi birliklarning muhim o‘rin tutishini hamda til, tafakkur va madaniyat o‘rtasidagi uzviy munosabatlarni yoritishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Mazkur ish lingvokulturologiya, pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik va kommunikativ tilshunoslik yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
modallik, lingvokulturologiya, antroposentrik paradigma, emotsionallik, baho kategoriyasi, xushomad konsepti, uyat konsepti, milliy mentalitet, kommunikativ xulq, madaniy qadriyatlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.