Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 27-30-betlar
RUS VA INGLIZ ANTROPONIMIYASIDA GENDER XUSUSIYATLARINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Jurakhanova, Surayyo
Annotatsiya
Mazkur maqolada rus va ingliz antroponimiyasida gender xususiyatlarining lingvokulturologik ifodalanishi tahlil qilinadi. Shaxs nomlari xalqning tarixiy xotirasi, diniy qarashlari, ijtimoiy qadriyatlari, gender stereotiplari va madaniy identifikatsiyasini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatida o‘rganiladi. Tadqiqotda rus va ingliz tillaridagi erkak va ayol ismlarining etimologik manbalari, semantik tuzilishi, madaniy ramziyligi, nominativ funksiyasi hamda genderga oid ijtimoiy-madaniy tasavvurlar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada an’anaviy va zamonaviy ism tanlash tendensiyalari, uniseks ismlar, diniy va tarixiy omillar, shuningdek, ommaviy madaniyat ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi antroponimik jarayonlar ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari rus va ingliz antroponimiyasida gender belgilarining nafaqat grammatik yoki formal ko‘rsatkichlar, balki milliy madaniyat, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy ong bilan uzviy bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
antroponimiya, lingvokulturologiya, rus tili, ingliz tili, shaxs nomlari, uniseks ismlar, gender stereotipi, madaniy kod, nominatsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.