Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 79-81-betlar
PEDAGOGIK JARAYONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI
Latipova, Xurshida
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning o‘rni va ularning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida raqamli vositalarning o‘quv jarayonidagi samaradorligi, talabalarning kreativ fikrlashiga ta’siri hamda an’anaviy va raqamli ta’lim uyg‘unligi ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar faqatgina ma’lumot olish tezligini emas, balki bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash sifatini ham natijali darajada oshiradi. Shuningdek, ta’lim jarayonida interaktiv platformalar, masofaviy o‘qitish tizimlari va multimedia vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishi, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda ta’lim jarayonining moslashuvchanligini ta’minlashi aniqlangan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish o‘qitish jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va zamonaviy texnologik infratuzilmani takomillashtirish ta’limning barqaror rivojlanishida muhim omil ekanligi ta’kidlangan.
Raqamli ta’lim, pedagogik texnologiyalar, ta’lim sifati, kreativ fikrlash, masofaviy o‘qitish, LMS tizimlari, interaktiv ta’lim
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.