Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 116-120-betlar
HARBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Kaxxarov, Siyavush
Annotatsiya
Mazkur maqolada harbiy madaniyatning mazmun-mohiyati, uning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni hamda ta’lim tizimidagi ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Harbiy madaniyatni shakllantirishning nazariy asoslari, tarixiy ildizlari va zamonaviy pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda harbiy madaniyatni rivojlantirishda ta’lim muassasalarining o‘rni, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimining ahamiyati, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining normativ-huquqiy asoslari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlar, keys tahlili va loyiha faoliyatining yoshlar ongida harbiy madaniyatga oid bilim, ko‘nikma va qadriyatlarni shakllantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan. Maqolada harbiy madaniyatni shakllantirishning zamonaviy pedagogik mexanizmlari kompetensiyaviy yondashuv asosida tadqiq etilgan. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari ochib berilib, yoshlarda fuqarolik mas’uliyati, Vatanga sadoqat, strategik tafakkur va ijtimoiy faollikni rivojlantirish omillari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim muassasalari, oila va jamoatchilik hamkorligining harbiy madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv metodlar va loyiha faoliyatidan foydalanishning samaradorligi asoslangan. Tadqiqot natijalari yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning ma’naviy-axloqiy barqarorligini mustahkamlash va milliy xavfsizlikka daxldorlik hissini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Mazkur yondashuv harbiy madaniyatni ta’limning barcha bosqichlarida uzviy va izchil shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
harbiy madaniyat, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, ta’lim tizimi, pedagogik mexanizmlar, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, vatanparvarlik, kompetensiyaviy yondashuv, interaktiv ta’lim texnologiyalari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.