Қўқон университети хабарномаси 19-jild (2026) · 19-22-betlar

FANTASTIK NOMINATSIYA TIZIMI VA BADIIY OLAMNING LEKSIK-SEMANTIK MAYDONLARI (Kazuo Ishiguroning “Never let me go” romani va uning kino talqini misolida)

Mashrabova, Buviniso

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Maqolada Kazuo Ishiguroning “Never Let Me Go” (“Meni hech qachon qo‘yib yuborma”) romanida fantastik badiiy olamni shakllantiruvchi nominativ birliklar va ularning leksik-semantik maydonlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi umumiste’mol so‘zlarining distopik kontekstda qayta semantizatsiyalanishi, muallif yaratgan institutsional va biotibbiy nomlarning ideologik vazifasi hamda ushbu birliklarning Mark Romanek rejissyorligidagi 2010-yilgi kino talqiniga o‘tish xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada nominativ birliklarning badiiy olamni konseptual tashkil etishdagi o‘rni, ularning qahramonlar dunyoqarashi va voqelikni idrok etish jarayoniga ta’siri ham yoritiladi. Asardagi “student”, “guardian”, “carer”, “donor”, “donation” va “completion” kabi birliklarning umumtil ma’nosi bilan distopik kontekstdagi mazmuni o‘rtasidagi tafovut aniqlanib, ularning evfemistik, pragmatik va ideologik xususiyatlari ochib beriladi. Shuningdek, nominatsiyalarning institutsional-ta’limiy, biotibbiy-biopolitik, identitet va klonlash, xotira-makon hamda aksiologik-axloqiy leksik-semantik maydonlarga birlashishi ko‘rib chiqiladi. Roman va uning kino talqini qiyosida nominatsiyalarning verbal saqlanishi, vizual konkretlashuvi, semantik qayta ifodalanishi va qisqarishi kabi transformatsiya shakllariga e’tibor qaratiladi. Bunday yondashuv fantastik nominatsiyaning nafaqat til hodisasi, balki badiiy olamning axloqiy va ideologik mazmunini shakllantiruvchi muhim vosita ekanligini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

fantastik nominatsiya, leksik-semantik maydon, qayta semantizatsiya, evfemizm, distopiya, badiiy olam, intersemiotik transformatsiya

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Mashrabova, Buviniso (2026). FANTASTIK NOMINATSIYA TIZIMI VA BADIIY OLAMNING LEKSIK-SEMANTIK MAYDONLARI  (Kazuo Ishiguroning “Never let me go” romani va uning kino talqini misolida). Қўқон университети хабарномаси, 19, 19-22.
GOST R 7.0.5
Mashrabova, Buviniso FANTASTIK NOMINATSIYA TIZIMI VA BADIIY OLAMNING LEKSIK-SEMANTIK MAYDONLARI  (Kazuo Ishiguroning “Never let me go” romani va uning kino talqini misolida) // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 19. С. 19-22.
BibTeX
@article{buviniso2026,
  author  = {Mashrabova, Buviniso},
  title   = {FANTASTIK NOMINATSIYA TIZIMI VA BADIIY OLAMNING LEKSIK-SEMANTIK MAYDONLARI  (Kazuo Ishiguroning “Never let me go” romani va uning kino talqini misolida)},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {19},
  pages   = {19-22}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Mashrabova, Buviniso
TI  - FANTASTIK NOMINATSIYA TIZIMI VA BADIIY OLAMNING LEKSIK-SEMANTIK MAYDONLARI  (Kazuo Ishiguroning “Never let me go” romani va uning kino talqini misolida)
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 19
SP  - 19
EP  - 22
ER  -