Қўқон университети хабарномаси Том 16 (2025) · с. 223-225
ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA SHAXS IDENTITETINING BADIIY TALQINI (Usmon Azimning “Iqrorlik” she’ri tahlili asosida)
Qodirov, Abdulazizbek
Аннотация
Maqolada Usmon Azimning “Iqrorlik” she’rida shaxs identitetining ifodalanishi dunyoning teatr sifatidagi markaziy metaforasi orqali tadqiq etiladi. Tahlil lirik qahramonning ijtimoiy kutilmalar, tanqid, qo‘rquv va tashqaridan yuklangan rollar bilan to‘qnashgan holda o‘zining haqiqiy “men”ini saqlab qolish uchun olib boradigan kurashiga qaratilgan. She’rda identitet taqlid yoki moslashuv sifatida emas, balki vijdon, e’tiqod, taqdir va ichki haqiqatga sadoqat tarzida talqin qilinadi. Erving Goffmanning dramaturgik yondashuvi ijtimoiy ijro va o‘zini namoyon etish o‘rtasidagi munosabatni izohlashda qo‘llanadi, Pol Rikyorning narrativ identitet nazariyasi esa o‘zlikning tanlovlar, sinovlar va davomiylik jarayonida qanday shakllanishini yoritadi. Charlz Teylorning identitetning axloqiy mohiyati haqidagi qarashlari hamda Entoni Giddensning o‘zlikni refleksiv loyiha sifatida talqin etishi lirik qahramonning axloqiy pozitsiyasini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Tadqiqot yakunida “Iqrorlik” zamonaviy o‘zbek poetik-falsafiy tafakkurida qarshilik, mas’uliyat, o‘zini anglash va o‘zining haqiqiy roliga sadoqatga tayangan shaxs identitetining dramatik-ekzistensial modelini ifodalashi asoslanadi.
: shaxs identiteti, lirik qahramon, o‘zlik, teatr metaforasi, haqiqiy o‘zlik, narrativ identitet, dramaturgik yondashuv, axloqiy identitet, refleksiv o‘zlik, ekzistensializm, Usmon Azim, zamonaviy o‘zbek she’riyati
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.