Ислом тафаккури – Исламская мысль – Islamic thought – (2020) · 94-95-betlar
Philosophical analysis of religious concepts in the works of Muhyiddin ibn Arabi
Boltayev, A.
Annotatsiya
Maqolada buyuk mutasavvuf va faylasuf Muhyiddin Ibn Arabiyning (1165–1240) diniy tushunchalarga oid falsafiy tahlillari, xususan, uning «Al-Futuhat al-Makkiyya» asarida keltirilgan baʼzi tahlillari yoritilgan. Ibn Arabiyning hijjat va umra ziyorati insonning gunohlarini yuvishi haqidagi hadisni tahliil qilar ekan, arab tilida «zanb» (gunoh) va «zanab» (dum) soʻzlarining oʻzakdoshligiga, ularning bir xil harflar bilan yozilib, ikki xil oʻqilishiga va chuqur maʼnaviy-mantiqiy bogʻliqligiga eʼtibor qaratadi. Uningcha, «zanb» (gunoh) — itoatsizlikning oxirida yuzaga keladigan narsa boʻlib, hijjat yoki umra amallari orqali uning yoʻqolishi ham «oxir» (Allohning al-Axir ismi) hukmiga koʻra sodir boʻladi. Xuddi dum boshsiz mavjud boʻlmagani kabi, gunoh ham inson tabiatidagi itoat buyrugʻi tufayli mavjud boʻladi. Ibn Arabiy gunohning vaqtinchalik ekanligi, Allohning magʻfirat va rahmat ismlari orqali u albatta kechirilishi, inson gunohsiz boʻla olmasligi, lekin uning gunohlari kechirilish imkonini ham oʻzi bilan olib kelishi haqidagi xulosalarni asoslagan. Maqolada Ibn Arabiyning bu kabi noanʼanaviy talqinlari olimlar orasida turli munozaralarga sabab boʻlsa-da, uning daho ekanligi zamonaviy davrda ham eʼtirof etilishi taʼkidlangan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.