Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-jild 09-son (2024) · 236-241-betlar
BANKLARDA MIJOZLARGA XIZMAT KO’RSATISH VA UZOQ MUDDATLI KREDIT BERISH JARAYONIDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISH TAJRIBALARI
Razzoqov Nozim Abdiroziqovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada banklarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida va uzoq muddatli kreditlar berish tizimida marketing tadqiqotlarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Marketing tadqiqotlari banklar tomonidan mijozlar ehtiyojlarini aniqlash, bozor talablarini o‘rganish va samarali kredit siyosatini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada marketing strategiyalarining uzoq muddatli kreditlash jarayonidagi ahamiyati va tajribasi haqida fikr yuritiladi, shuningdek, mijozlarning ehtiyojlarini qondirish orqali bank xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari ko‘rsatiladi.
Bank xizmatlari, uzoq muddatli kreditlar, marketing tadqiqotlari, mijozlar ehtiyojlari, kreditlash siyosati, bank marketingi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.