Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-jild 09-son (2024) · 438-451-betlar
TRANSMISSION MEXANIZM FOIZ KANALI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Absalamov Akram Tolliboyevich
Annotatsiya
Ilmiy maqolada monetar siyosat transmission mexanizmining foiz kanali samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Bunda foiz kanali samaradorligini oshirishda indikativ foizning mavjudligiga baho berilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Markaziy bank asosiy foiz stavkasi 2019 yildan keyin indikativ foiz stavka sifatida ko‘rilmoqda. Undan oldingi davrda asosiy foiz stavkaning pul bozoriga ta'siri past edi. Bugungi kunda asosiy foiz stavkaning pul bozoridagi banklararo kredit va depozit foizlariga ta'siri kuchaygan bo‘lsada, ammo qimmatli qog‘ozlar foiziga ta'siri sustligicha qolmoqda. Shuningdek, Markaziy bank oldida 2019 yilga qadar ikkita targetlash bo‘lgan bo‘lsa, bu foiz kanalining iqtisodiyotga ta'sirini susaytiragan. Ammo 2020 yildan Markaziy bank faqat inflyasiyani targetlashga o‘tishi transmission mexanizm foiz kanalining samaradorligini oshirishga xizmat qildi. 2022 yildan xalqaro iqtisodiyotdagi salbiy holatlar Markaziy bankning inflyasion targetlashda belgilagan maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishga to‘sqinlik qilganligi foiz kanalining ta'sir kuchini pasaytirdi.
foiz kanali, monetar siyosat, transmission mexanizm, indikativ foiz Stavka, qimmatli qog‘ozlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.