Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-jild 11-son (2024) · 92-103-betlar
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA TIJORAT BANKLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI: SFA MODELI
Maksudov Avazbek Ulugbek o‘g‘li
Annotatsiya
Ushbu maqolada Stoxastik Chegara Tahlili (SFA) usuli yordamida O‘zbekiston tijorat banklarining 2021–2024 yillar davomida samaradorligi baholandi. Tadqiqot davomida tijorat banklarining operatsion xarajatlari, xodimlar soni, kreditlar va depozitlar hajmidagi o‘zgarishlar chuqur tahlil qilindi. Natijalar banklarning samaradorlik darajasi yillik 89.5–89.6% atrofida ekanligini ko‘rsatdi. Raqamli transformatsiya jarayonlari bank tizimi samaradorligiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, operatsion xarajatlarning oshishi qisqa muddatda samaradorlikni pasaytirgan. Shu bilan birga, kredit va depozit operatsiyalarining o‘sishi bank tizimining iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi faol rolini tasdiqlaydi. Maqolada kelgusida samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Stoxastik Chegara Tahlili, tijorat banklari, samaradorlik, raqamli transformatsiya, operatsion xarajatlar, kreditlar hajmi, depozitlar hajmi, bank tizimi, iqtisodiy tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.