Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-jild 01-son (2025) · 17-22-betlar
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA TURIZMNING STRATEGIK AHAMIYATI
Bozorova Jasmina Yusuf qizi, Bozorov Elyor Boboqulovich
Annotatsiya
Ushbu maqola O‘zbekiston iqtisodiyotida turizm sohasining rivojlanishi qanchalik muhim ekanligini ochib beradi. Ma’lumki, O‘zbekiston iqtisodiyoti ko‘p tarmoqli bo‘lib, turli xil tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Ularning har birini o‘z vazifasi va maqsadi bor. Shu sohalar ichidan bugungi kunda respublikamizda eng rivojlanib borayotgan va shu bilan bir qatorda mo‘may daromad keltiradigan soha turizm sohasi hisoblanadi. Turizmning O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sishga, ish o‘rinlari yaratishga va xalqaro investitsiyalarni jalb qilishga bo‘lgan ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, turizm sektorining mamlakatning global iqtisodiy tizimdagi o‘rnini mustahkamlashdagi roli va istiqbollari, bundan tashqari, sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Turizmning ijtimoiy va madaniy jihatlari ham ko‘rib chiqilib, uning mahalliy aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi taqdim etiladi.
zamonaviy turizm infrastrukturasi, strategik, rekonstruksiya, multiplikativ.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.