Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-jild 01-son (2025) · 325-333-betlar
YENGIL SANOAT KORXONALARI SAMARADORLIGINI OPTIMAL BAHOLASH USULLARI
Musurmonova Mahbuba Omonovna
Annotatsiya
Yengil sanoat korxonalari samaradorligini optimal baholash usullari korxonaning resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirishni usullari ko’rsatilgan. Ushbu baholash usullari korxona faoliyatini miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilishga yordam beradi. Asosiy usullar orasida moliyaviy ko'rsatkichlar (daromad, rentabellik, xarajatlar samaradorligi), texnologik ko'rsatkichlar (ishlab chiqarish quvvati, energiya samaradorligi) va mehnat samaradorligi (mehnat unumdorligi, bandlik) mavjud. Yengil sanoat uchun samaradorlikni baholashda ekonometrik model ishlab chiqilgan. Bu usullar korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlab, raqobatli bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi.
yengil sanoat korxonalari, SWOT va PESTEL tahlillari, optimal baholash usullari, globallashuv, raqamli texnologiya, empirik model, ekonometrik model, prognoz natijalari, axborot tizimi, endogen oʻzgaruvchilar, ekzogen oʻzgaruvchilar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.