Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-jild 11-son (2025) · 54-62-betlar
MINTAQAVIY INVESTISIYON-INNOVASION JARAYONLARNI BAHOLASHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Xamrayev Quvvat Iskandarovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada mintaqaviy investisiya va innovatsion jarayonlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, ularni baholashning nazariy-metodologik asoslari hamda hududiy rivojlanishdagi roli tizimli yoritilgan. Tadqiqotda investitsiya oqimlarining tarkibi, innovatsion infratuzilma darajasi, inson kapitali sifati va institutsional muhitning investitsion-innovatsion samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar sharhi asosida investitsiya-innovatsiya jarayonlarini baholashda qo‘llaniladigan yondashuvlar, mezonlar va indikatorlar asoslab berilgan. Empirik tahlil natijalari mintaqalarda innovatsion salohiyat va investitsion faollikning hududiy tafovutlarga ega ekanini ko‘rsatadi. Maqola yakunida mintaqaviy innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, investitsiya siyosatini texnologik ustuvorliklar asosida takomillashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmlarini kuchaytirishga doir amaliy takliflar berilgan.
mintaqaviy investisiya, innovatsion jarayonlar, investitsion faollik, innovatsion salohiyat, hududiy rivojlanish, texnologik yangilanish, inson kapitali, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, investitsion-innovatsion samaradorlik, iqtisodiy raqobatbardoshlik, institutsional muhit, innovatsion ekotizim, investitsion siyosat, tijoratlashtirish mexanizmlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.