Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-jild 11-son (2025) · 91-99-betlar
IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Atamuradov Sherzod Akramovich, Bafoev Farrux Jo‘raqulovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaldagi mexanizmlar tahlil etilib, ijtimoiy himoya tizimining jamiyat farovonligiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot doirasida xalqaro va milliy statistik ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar hamda ilmiy manbalar tahlil qilingan. Natijalar mamlakatda kambag‘allik darajasining izchil pasayishi, bolalar kambag‘alligining qisqarishi, ijtimoiy xizmatlarga kirish imkoniyatlarining kengayishi ijtimoiy himoya siyosati samaradorligidan dalolat berishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, manzilli yordam mexanizmlarini takomillashtirish, xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, raqamli yondashuvlarni keng joriy etish hamda faol ijtimoiy himoya modelini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada keltirilgan takliflar milliy ijtimoiy himoya siyosatini rivojlantirish va aholi ehtiyojmand qatlamini samarali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy yo‘nalishlarni belgilaydi.
ijtimoiy himoya, ehtiyojmand qatlam, ijtimoiy xavfsizlik, davlat siyosati, moliyaviy mexanizm, ijtimoiy xizmatlar, neoliberalizm, keynsianizm, Esping-Andersen, ijtimoiy davlat, ijtimoiy tenglik, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy adolat, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.