Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-jild 05-son (2024) · 322-332-betlar
MINTAQANING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH MODELINING ILMIY ASOSLARI VA HUDUDIY AMALIYOTI (Surxondaryo viloyati misolida)
Mamadjanova Tuyg’unoy Axmadjanovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada mintaqaning eksport salohiyatini baholash masalalarining ilmiy-nazariy asoslari hamda ularni hududiy darajada qo‘llashning amaliy jihatlari Surxondaryo viloyati misolida chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida eksport salohiyati tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimli ravishda yoritiladi. Xususan, tabiiy-resurs salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlari, mehnat resurslari, transport-logistika infratuzilmasi, investitsion muhit, tashqi bozorlar bilan integratsiya darajasi hamda institutsional mexanizmlarning eksport jarayonlariga ta’siri baholanadi. Maqolada mintaqaning eksport salohiyatini aniqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi kompleks baholash modeli taklif etilib, ushbu modelning amaliy qo‘llanilishi Surxondaryo viloyati misolida statistik ma’lumotlar asosida asoslab beriladi. Viloyatning qulay geografik joylashuvi, agrar-sanoat majmuasining rivojlanish darajasi va transchegaraviy savdo imkoniyatlari eksport hajmi va tarkibini kengaytirishda muhim omillar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari hududiy eksport siyosatini takomillashtirish, mahsulotlar eksportini diversifikatsiya qilish va mintaqaning xalqaro bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
mintaqa iqtisodiyoti, eksport salohiyati, baholash modeli, hududiy rivojlanish, Surxondaryo viloyati, tashqi savdo, eksport strukturasini diversifikatsiya qilish, raqobatbardoshlik, iqtisodiy indikatorlar, resurs salohiyati, logistika infratuzilmasi, institutsional muhit, eksport strategiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.