Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 02-son (2026) · 1-8-betlar
SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING HUDUDIY DIVERSIFIKATSIYASI VA KONSENTRATSIYA KO‘RSATKICHLARI
Jabborov Elbek Erkin o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada sanoat ishlab chiqarishining hududiy diversifikatsiyasi va konsentratsiya ko‘rsatkichlari iqtisodiy rivojlanishning muhim omillari sifatida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududlar kesimida sanoat tarmoqlarining joylashuvi, ishlab chiqarish quvvatlarining hududiy notekis taqsimlanishi hamda diversifikatsiya darajasining iqtisodiy barqarorlikka ta’siri nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi. Sanoat konsentratsiyasini baholashda Herfindahl–Hirschman indeksi, Lokatsiya koeffitsiyenti, Gini koeffitsiyenti kabi iqtisodiy-statistik ko‘rsatkichlardan foydalanish imkoniyatlari asoslab beriladi. Shuningdek, hududiy diversifikatsiyaning bandlik darajasi, investitsiya oqimlari va ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri empirik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari hududlararo iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish, sanoat siyosatini optimallashtirish hamda mintaqaviy rivojlanish strategiyalarini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Maqola xulosalarida sanoat ishlab chiqarishini hududiy muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
sanoat ishlab chiqarishi, hududiy diversifikatsiya, sanoat konsentratsiyasi, mintaqaviy rivojlanish, Herfindahl–Hirschman indeksi, lokatsiya koeffitsiyenti, Gini koeffitsiyenti, investitsiya muhitі, iqtisodiy barqarorlik, hududlararo tafovutlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.