Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 02-son (2026) · 62-72-betlar
MINTAQAVIY RAQOBATBARDOSHLIKNI O‘LCHOVCHI ASOSIY OMILLARNI BAHOLASH
Duschanov Alisher Sherzod o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot mintaqaviy raqobatbardoshlikni belgilovchi asosiy omillarni aniqlash, ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish hamda nazariy asoslangan gipotezalar ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqot 2018-2025-yillarda chop etilgan ilmiy manbalar asosida an’anaviy hamda tanqidiy adabiyotlar sharhi usulida amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy omil ta’lim, sog‘liqni saqlash va ekologik barqarorlik bilan integratsiyalashgan holda kengroq talqin etilishi zarur. Yoshlar bandligi, ko‘p o‘lchovli ijtimoiy siyosat, sog‘liqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish hamda ta’lim va innovatsiyalarga investitsiyalar mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, transport, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar, yuqori texnologiyalar va innovatsion faoliyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
mintaqaviy raqobatbardoshlik, mintaqaviy imij, mehnat bozori, imiy-tadqiqot xarajatlari, yuqori texnologiyali sanoat, innovatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.