Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 07-son (2026) · 7-15-betlar
ENERGETIKA SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALAR TAHLILI
Ollokulova Feruza Mansurovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining rivojlanish tendensiyalari, tarmoq va hududiy tarkibi hamda investitsiyalar hajmi tahlil qilingan. 2019-2024-yillarda energetika tarmog‘iga jalb etilgan investitsiyalar, hududlar kesimidagi taqsimoti va asosiy strategik yo'nalishlari baholangan. Tadqiqot natijasida energetika sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish, investitsion faollikni oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
davlat-xususiy sheriklik, energetika, investitsiya, infratuzilma, qayta tiklanuvchi energiya, quyosh elektr stansiyasi, shamol elektr stansiyasi, energetika xavfsizligi, xususiy investitsiyalar, hududiy rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.