Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 07-son (2026) · 30-36-betlar
SOGʻLIQNI SAQLASHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNI TAQSIMLASH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH
Turobxonov Xumoyunxon Lazizxon oʻgʻli
Annotatsiya
Ushbu maqolada sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini moliyalashtirishda risklarni taqsimlash mexanizmlari tahlil qilindi. Risklarni davlat, xususiy sektor va tomonlar oʻrtasida birgalikda taqsimlash tamoyillari xalqaro tajriba asosida oʻrganildi. Oʻzbekistonning gemodializ loyihasi misolida risklarni boshqarish amaliyoti baholandi. Tadqiqot natijasida risklarni eng samarali boshqara oladigan tomonga biriktirish loyiha barqarorligini oshirgani, investitsion jozibadorlikni kuchaytirgani va sifatli tibbiy xizmatlar koʻlamini kengaytirishga xizmat qilgani aniqlandi.
davlat-xususiy sherikchilik, risklarni taqsimlash, sogʻliqni saqlash, moliyalashtirish, gemodializ loyihasi, investitsion jozibadorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.