Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-jild 3-son (2026) · 396-401-betlar

QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI

Xaitov, Akbar

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Qalqonsimon bez kasalliklari reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan endokrin patologiyalardan biri hisoblanadi. Gipotireoz va strumektomiyadan keyingi holatlarda kalsiy-fosfor almashinuvi, D vitamini metabolizmi hamda suyak remodellanish jarayonlarida muhim o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu esa osteopeniya va osteoporoz rivojlanish xavfini oshiradi. Maqsad: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda suyak to‘qimasi holati, mineral almashinuv ko‘rsatkichlari hamda gormonal osteoporoz rivojlanish xususiyatlarini baholash. Material va usullar: tadqiqotga reproduktiv va perimenopauza yoshidagi gipotireoz hamda strumektomiyadan keyingi bemorlar jalb qilindi. Barcha ayollarda kalsiy, fosfor, D vitamini, paratgormon, tireotrop gormon (TTG) va erkin T4 ko‘rsatkichlari aniqlandi. Suyak mineral zichligi densitometriya usuli yordamida baholandi. Natijalar: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi bemorlarda D vitamini tanqisligi, kalsiy miqdorining pasayishi hamda paratgormon darajasining oshishi kuzatildi. Densitometriya natijalari osteopeniya va osteoporoz uchrash chastotasi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Suyak mineral zichligi ko‘rsatkichlari TTG darajasi va D vitamini konsentratsiyasi bilan korrelyatsion bog‘liqlikka ega bo‘ldi. Xulosa: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda gormonal osteoporoz rivojlanish xavfi yuqori bo‘lib, kalsiy-fosfor almashinuvi hamda D vitamini holatini muntazam nazorat qilish zarur hisoblanadi

gipotireozstrumektomiyagormonal osteoporozD vitaminikalsiy

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Xaitov, Akbar (2026). QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 396-401.
GOST R 7.0.5
Xaitov, Akbar QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. 2026. Т. 2. № 3. С. 396-401.
BibTeX
@article{akbar2026,
  author  = {Xaitov, Akbar},
  title   = {QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year    = {2026},
  volume  = {2},
  number  = {3},
  pages   = {396-401}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Xaitov, Akbar
TI  - QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI
JO  - Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
PY  - 2026
VL  - 2
IS  - 3
SP  - 396
EP  - 401
ER  -