Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 9-jild 4-son (2025) · 118-121-betlar
PARKINSON KASALLIGIDA SITOKIN PROFILINING KLINIK-IMMUNOLOGIK HOLATINI TAHLIL QILISH
Abdinasirova N.A., Saidova F.F., Jalilova M.Q., Qurbonova L.Sh., Saydullayev S.E.
Annotatsiya
Mazkur maqolada Parkinson kasalligiga chalingan bemorlarda sitokinlar (TNF-α, IL-1β, IL-6, IL-10, INF-γ) darajasining klinik va immunologik holatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida 68 nafar shaxs tekshirilib, ulardan 48 nafari bemorlar, 20 nafari sog‘lom nazorat guruhini tashkil etdi. ELISA usuli yordamida periferik qonda sitokinlar darajasi baholandi. Olingan natijalar yallig‘lanish sitokinlarining yuqori darajada bo‘lishi Parkinson kasalligi og‘irligining klinik belgilariga bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatdi. IL-10 darajasining pasayishi immunosupressiv javobning sustligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari sitokin profilining diagnostik va prognostik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Parkinson kasalligi, sitokinlar, TNF-α, IL-6, IL-10, immunologik tahlil, neyroinflamatsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.