Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 10-jild 5-son (2025) · 17-24-betlar
POLIKLINIKA SHAROITIDA OILADA BRONXIAL ASTMA RIVOJLANISHIGA IRSIY MOYIL BO’LGANLARNI ERTA TASHXISLASHDA IMMUNOLOGIK TEKSHIRISHNING AHAMIYATI
Okboev T.A.
Annotatsiya
Maqolada bronxial astma bilan og'rigan bemorlarning qon zardobidagi umumiy IgE va IL-6, interferon-γ darajasi oilaviy bronxial astmaga irsiy moyil bo’lgan 49 ta oilada poliklinika sharoitida o'rganilgan. Oiladagi shaxslarda immunologik tahlillar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi konsultativ poliklinikasi laboratoriyasida IFA usulida o‘tkazilgan. Bunda oilaviy bronxial astma kasalligi bilan xastalangan bemorlar qon zardobida aniqlangan umumiy IgE, IL–6 va interferon-γ miqdorini BA kasalligining patogenetik turlari, kasallik pog‘onalari, kasallikning staji va kasallik nazorat qilinish darajasi bo‘yicha tahlili o‘tkazilgan. Natijada o‘zbek populyatsiyasida oilaviy bronxial astma kasalligi bilan xastalanganlarning turli klinik ko’rinishlarida aniqlangan immun status ko‘rsatkichlarini ambulatoriya sharoitida qo’llanilashi kasallikning oilada erta to'g'ri tashxislanishiga, bu esa oilada kasallikni o‘z vaqtida davolash va profilaktik reja tuzishga asos bo’lishi va prognostik axamiyatga ekanligi ko’rsatilgan.
oilaviy bronxial astma, poliklinika, umumiy IgE, IL–6, interferon-γ, erta tashxislash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.