Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 11-jild 6-son (2025) · 189-193-betlar
EKSPERIMENTAL XAYVONLARDA PCSK9 KONSENTRATSIYASI O‘ZGARISHINING MULTIFOKAL ATEROSKLEROZ CHAQIRISHDAGI AHAMIYATI
Axmatova K.A., Azizova D.M.
Annotatsiya
Ushbu maqolada proproteinkonvertaza subtilizin/keksin 9 (PCSK9) konsentratsiyasining multifokal ateroskleroz chaqirilgan eksperimental hayvonlarda o‘zgarishi va uning patobiokimyoviy mexanizmlardagi ahamiyati o‘rganildi. Tajriba quyonlarda yuqori xolesterinli parhez yordamida multifokal ateroskleroz modeli chaqirildi. Tadqiqot davomida PCSK9 darajasining oshishi lipid almashinuvi, xususan past zichlikdagi lipoprotein retseptorlarining (LDLR) parchalanishi bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Shuningdek, PCSK9 ning ko‘payishi aterosklerotik jarayonlar jadallashuviga va tomir devorlarida yallig‘lanish markerlarining faollashuviga mos ravishda kechdi. Ushbu natijalar PCSK9 ni multifokal ateroskleroz rivojlanishida muhim biomarker va terapevtik nishon sifatida qaralishi mumkinligini ko‘rsatadi.
PCSK9, multifokal ateroskleroz, eksperimental model, lipid almashinuvi, LDL-R, biomarker, yallig‘lanish, tomir patologiyasi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.