Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-jild 3-son (2026) · 384-392-betlar
QANDLI DIABETI BOR BEMORLARDA O'PKANING YIRINGLI-DESTRUKTIV KASALLIKLARIDA PATOGEN MIKROFLORA VA ANTIMIKROB PREPARATLARGA CHIDAMLILIGINI KUZATISH: JARROHLIK TAKTIKASIGA TA'SIRI
Matmuratov Q.J, Ro’zmetov N.A
Annotatsiya
Ushbu maqolada qandli diabeti (QD) mavjud bemorlarda o'pkaning yiringli-destruktiv kasalliklarini (OYDK) jarrohlik yo'li bilan davolashda patogen mikroflorani va antimikrob preparatlarga chidamlilikni (AMR) kuzatish natijalari hamda ularning jarrohlik taktikasiga ta'siri yoritilgan. QD bemorlarda immunosupressiya va surunkali giperglikemiya fonida yiringli-destruktiv jarayonlarning kechishi sezilarli darajada og'irlashadi, bu esa ko'p dori-chidamli mikroorganizmlarning tarqalishiga qulay sharoit yaratadi. Tadqiqot 2017–2026 yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasida 503 nafar bemorda o'tkazildi: taqqoslash guruhi (258 bemor, 2017–2022) an'anaviy davolash taktikasini, asosiy guruh (245 bemor, 2023–2026) esa AMR monitoringiga asoslangan takomillashtirilgan yondashuvni qamrab oldi. Bakteriologik tekshiruv natijasida eng ko'p aniqlangan patogenlar Staphylococcus aureus (MRSA) — 39,4% va Pseudomonas aeruginosa — 29,4% bo'lib, ular birgalikda barcha holatlarning 68,8% ini tashkil etdi. Jarrohlik amaliyotlari sifatida bronxoskopik absess drenaji, plevra bo'shlig'ini drenajlash va pnevmonektomiya qo'llanildi. Mikrobiyologik monitoring asosida individual davolash taktikasini shakllantirish umumiy asoratlarni 34,9% dan 21,6% ga, o'lim darajasini esa 9,7% dan 5,3% ga kamaytirishga imkon berdi. Olingan natijalar AMR monitoringini OYDK jarrohlik davolashning majburiy tarkibiy qismi sifatida joriy etish zarurligini isbotlaydi.
qandli diabeto'pkaning yiringli-destruktiv kasalliklariMRSAPseudomonas aeruginosaantimikrob chidamlilik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.